AsosiySUG'DIYONA

SOCh BO`YaShNING 15 QOIDASI

'SOCh BO`YaShNING 15 QOIDASI'ning rasmi

Ruhshunoslar fikricha, ayol kishining soch rangini o`zgartirishi yangilikka intilish ifodasi ekan. Chindan ham, bo`yoq soch tolalarimizni zararlashiga qaramay, u tashyoi ko`rinishimizga maftunkorlik baxsh etadi. Bilamizki, sochni uy sharoitida mustayoil bo`yash mumkin. Ammo sartarosh yordamisiz bu borada bir qancha kamchiliklarga yo`l qo`yishimiz ham bor gap. Shu bois sizga sochni to`g`ri bo`yash yooidalarini o`rgatmoqchimiz.

  • Tayyorgarlikni bir oy avvaldan boshlash lozim. Sochni bo`yagunimizga qadar oziqlantiruvchi niqoblar bilanvitaminlarga to`yintirsangiz u kamroyo zarar ko`radi.
  • Bo`yoqni to`g`ri tanlash darkor. Ko`pchilik bo`yoq qadog`idagi suratga tayanadi. Shu ranggga bo`yasam, mening ham sochim xuddi shunday bo`ladi, degan fikrga borish noto`g`ri. Yaxshisi, sochingizning asl rangini hisobga oling. Masalan, tim qora sochlar boshqa rangni o`zlashtira olmaydi. Ularni ochartirish uchun avval tabiiy rangni “yuvish” (“kuydirish”) kerak. Keyin esa bo`yoqda istalgan rangni berish mumkin.
  • Nam sochni bo`yash oson, ammo samarasiz. Rang yaxshichiqishi uchun bo`yashdan avval sochni obdon quriting.
  • Cochni qismlarga bo`lib bo`yasangiz, rang bir xil bo`ladi. Bo`yayoni ildizlardan boshlab surtish kerak.
  • Bo`yashda sochlar toza emas, kirlangan bo`lishi kerak, degan gapga tayanib, ba`zi go`zallik saloni mutaxassislari bo`yashdan bir necha kun avval sochni shampun bilan yuvmaslikni maslahat berishadi. Ammo bu noto`g`ri! Shunchaki bir-ikki kun avval yuvilgan sochga bo`yoyo surtilsa, bosh terisini yooplab olgan yog`lar tufayli soch ildizi kamroyo zarar ko`radi.
  • Sochni bo`yagach, oradan ikki-uch kun o`tmay turib, yuvmaslik kerakligi haqiqat. Nega deganda, rang soch tolalariga singib olishi uchun imkon berish kerak.
  • Bo`yoqni yuvib tashlashda suvning iliqligiga ahamiyat berish kerak. Issiq suv soch rangini xiralashtiradi, shuningdek, bosh terisini zararlaydi.
  • Sochni yuvgach, oynaga qaraganingizda rang istaganingizdan to`qroq ko`rinishi tabiiy. Bunga namlik sabab bo`lishi mumkin. Quritib ko`ring. Hamon ko`nglingiz to`lmayotgan bo`lsa, tezda shampun va kondisioner bilan sochni yuving.
  • Sochingizning yangi rangi yoqmayotgan bo`lsa, darhol boshqa bo`yoq bilan tajriba o`tkazishga tushmang. Aks holda bosh terisiga yoattiyo zarar etadi. Hech bo`lmasa, ikki hafta sabr qilib, bu vaqt ichida sochingizni oziqlantirish bilan shug`ullaning.
  • Istalgan rang uzoq saqlanishi uchun doimiy ravishda bo`yalgan sochlarga mo`ljallangan maxsus shampun, balzam va kondisionerlardan foydalangan ma`youl.
  • Bo`yoqdan yuvilgan sochlarni fen bilan emas, tabiiy quritishga harakat qiling. Fen bo`yoq bergan elastiklik va yaltiroq jiloga putur etkazadi. Shuningdek, bo`yalgan sochlarni doimo fenda quritib yurish ham rangning tez o`zgarishiga olib keladi.
  • Yangi nomdagi bo`yoqni ishlatishdan avval uni bosh terisining kichik bir qismida qo`llab ko`rib, allergik reaksiyalarga ta`sirchanlikni tekshirish kerak.
  • Soch rangi to`q bo`lishi uchun bo`yoqni instruksiyada ko`rsatilgan muddatdan uzoq vayot ushlab turish foydasiz bo`libgina qolmay, bosh terisi uchun koni zarar hamdir.
  • Sochlaringiz uzun bo`lsa, hech ikkilanmay, bo`yoqdan 2 ta xarid qiling. Uni ko`paytirish uchun shampun yoki boshqa suyuqlik qo`shish mumkin emas.
  • Bo`yalgan soch parvarishga muhtoj bo`lib qoladi. Sochingiz rangini o`zgartirish barobarida uning mustahkamligi va sog`lomligini saqlab qolish niyatida bo`lsangiz, endi tabiiy mahsulotlardan tez-tez niyoob tayyorlab turing. Masalan, tuxum, asal, limon, qatiq, bodom yog`i qo`shib tayyorlangan niqob bo`yalgan soch uchun juda foydalidir.

Stilist Sanobar QUDRATOVA tavsiyalari asosida Durdona ALIMOVA tayyorladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar