Ayollarga xos kasalliklarga qarshi uy sharoitida qanday choralar qo`llash mumkin? Qay bir xastalik «bosh ko`targani» haqida qanday belgi beradi? Ma`lumotlarimiz shu haqda.
Oy kunlarida og`riq
Kasallik haqida: hayz davrida ayol qovuq sohasida og`riq sezishi mumkin.
Alomatlari: ortiqcha asabiylashish, hissiyotga berilish, ko`p terlash, og`riq va umumiy holsizlik.
Resept: 2 osh qoshiq quritilgan qashqarbeda (donnik) o`tini qaynab turgan yarim litr suvga solib, 1‑2 soat mobaynida tindiriladi. Damlamani dokada suzib olib, hayz paytida qovuqda og`riq his qilganda kuniga 2‑3 mahal ichiladi. Qashqarbeda damlamasi og`riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi ta`sirga ega.
Hayz sikli buzilishi…
Kasallik haqida: bu vitamin etishmasligi, jigar va ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishiga bog`liq bo`lishi mumkin.
Alomatlari: hayz kunlarining 6‑8 kunga uzayishi va hayz oralig`ida qon kelishi.
Resept: 20 gr gores o`simligini bir stakan qaynagan suvda damlab, 15 daqiqa suv hammomida qaynatiladi va xona haroratida 1‑1,5 soat tindiriladi. So`ng dokada suzib olib, damlamaga yana 1 stakan qaynagan suv qo`shiladi. Kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatlanishdan avval ichiladi. Damlamani hayz paytida ko`p qon ketganda, bavosil va surunkali qabziyatda ichish tavsiya etiladi.
Oyboshi bo`lmaslik…
Kasallik haqida: sog`lom ayolda hayz oralig`i 21‑35 kunni tashkil qiladi. Hayz sikli buzilishiga turli infeksiyalar yoki bachadon shikastlanishi sabab bo`lishi mumkin.
Alomatlari: hayz kechikishi, asabiylashish, uyqusizlik, ortiqcha vazn.
Resept: 1 osh qoshiq devyasil ildizini yarim litr qaynagan suvda damlanadi. 1‑2 soat tindirgach, dokada suzib olib, kuniga 2‑3 mahal yarim stakandan ichiladi.
Jinsiy a`zolar shamollashi
Kasallik haqida: tanaga turli infeksiyalar tushishi oqibatida yuzaga keladi.
Alomatlari: og`riq, tana harorati ko`tarilishi.
Resept: 100 gr. yong`oq barglari, 50 gr. bo`yimodaron (tsyachelistnik), 300 gr. jo`ka (lipa) daraxti barglari, 200 gr. kungaboqar barglari aralashtiriladi. Yig`ilmadan 3 osh qoshig`ini yarim litr qaynagan suvda damlanadi. Keyin tindirib, dokada suzib olgan holda kun davomida ichiladi.
Ajralmalar
Sovuq kunlarda qovuqda achishish his qilganda, qindan oq ajralmalar kelsa:
1,5 osh qoshiq limono`t (melissa), yarim osh qoshiq buzina (qizil mevali buta yoki daraxt va uning mevasi) va 1 osh qoshiq qoncho`p (chistotel)ni bir stakan qaynagan suvda damlab, 15 daqiqa tindirib, kun davomida ichiladi.
Tuxumdonlar shamollaganda…
Kasallik haqida: gigiena qoidalariga amal qilmaslik, hayz davrida sovqotish va shamollash natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Alomatlari: chap yoki o`ng qovuqda og`riq.
Resept: 1 osh qoshiq qashqarbeda (donnik)ni 1 osh qoshiq tuyatov on (mat-i-machexa) bilan aralashtirib, 1 stakan qaynagan suvda damlash kerak. 1 soat tindirgach, dokada suzib olib, kuniga 5 mahaldan ichiladi. Davolanish muddati: 2-3 hafta.
P/S: aziz mushtariylar! Reseptlarni qo`llashdan oldin albatta mutaxassis-shifokor bilan maslahatlashing. Unutmang, har bir organizm o`ziga xos!
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.