Muammo: aytaylik, toliqdingiz, asablaringiz tarang...
Yordam: moychechakli iliq vanna ayni muddao. Uning ifori tinchlantiruvchi va bo`shashtiruvchi ta`sirga ega. Iliq suvda uning ta`siri yanada kuchayadi.
Resept: 3 osh qoshiq moychechak gullarini 1 litr qaynoq suvga damlab qo`ying. 20 daqiqa davomida damlanib, achchiqqina choy hosil bo`lsin. Damlamani yarim litr sut bilan aralashtirib, iliq vannaga (juda issiq bo`lmasin) qo`shing. Ana shu suv ichida 15-20 daqiqa hordiq oling. Bunday vannadan so`ng hech bo`lmasa yarim soat dam olishingiz kerak.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.