Ko`krakdagi har qanday o`zgarishlarni har oy o`z-o`zingizni tekshirib turish orqali aniqlash mumkin. Bu ko`krak mastopatiyasi, ko`krak saratonini erta bosqichlarda bartaraf etishdagi eng qulay va ishonchli usul sanaladi. Tekshiruvni har oy hayz tugagach, 2-3 kundan so`ng o`tkazish kerak. Bu tekshiruv quyidagicha o`tkazilishi lozim:
- Oyna qarshisida turib, ko`krak va so`rg`ichlar holatini kuzating. Shakli va hajmida o`zgarishlar, ko`krak terisida toshma yoki qizarish yo`qligiga ishonch hosil qiling.
- Qo`llarni tepaga ko`tarib, ko`krakni yon va old tomondan kuzating. Sut bezlari bir tekis balandlikda hamda bir xil shakl va hajmda ekaniga e`tibor bering.
- Turgan holda barmoqlarni tekis tutgan holda ko`krakni tekshiring. Ko`krakning yuqori chekka qismidan boshlab soat strelkasi bo`ylab qo`llarni aylantirgan holda o`sma, shish va boshqa o`zgarishlar bor-yo`qligini aniqlang.
- So`rg`ichlarni katta va ko`rsatkich barmoqlar orasiga olib, navbat bilan ozroq siqib ko`ring. Suyuqlik ajralmayotgani, so`rg`ichlar shakli normal ekaniga e`tibor qarating.
- Chalqancha yotgan holatda yana ko`kraklarni yuqori chekka tomondan soat strelkasi bo`ylab qo`lni yurgizgan holda tekshirishni davom ettiring.
- Oxirida ko`ltiq ostini barmoqlar bilan tekshirib ko`ring. Limfatik shishlar yo`qligiga amin bo`ling.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.