AsosiyShou-biznes

«Forsaj» filmining yulduzi avtohalokat qurboni bo`ldi

“Forsaj” nomli filmlar yulduzi Pol Uoker avtohalokat qurboni bo`ldi. Okrug sherifi ofisi bergan ma`lumotlarga ko`ra, voqea Los-Anjelesning shimoliy chekkasida sodir bo`lgan. 40 yoshli aktyor va uning do`sti “Porsche GT” avtomobilini boshqargan, bunda Uoker yo`lovchilar o`rindig`ida o`tirgan. Guvohlarning ta`kidlashicha, haydovchi boshqaruvni yo`qotgan va avtomobil yo`l chekkasidagi daraxtga borib urilib, shu zahotiyoq portlab ketgan.
Hozircha avtohalokat sabablari noma`lum. Biroq polisiya “Porsche GT” ruxsat etilganidan yuqori tezlikda harakatlanganiga ishonchi komil. Ushbu voqea Uoker qatnashishi kerak bo`lgan kino loyihalarga, xususan, “Forsaj 7” filmining suratga olish jarayoniga qanday ta`sir qilishi hozircha noma`lum.

    Boshqa yangiliklar