Birovning avtomashinasini boshqarganlik uchun qancha jarima belgilanadi?Shu haqda batafsil ma`lumot bersangiz.
Xolmatjon SAYDALIEV, O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i:
— O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1351-moddasiga ko`ra, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, uni ro`yxatdan o`tkazganlik hakidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo`qligida undan foydalanish yoki tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa lisenziya kartochkasi yoki yo`l varaqasi yonida bo`lmagan holda boshqarilsa, ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o`tkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazmasdan (hisobga qo`ymasdan) transport vositalari boshqarilsa eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solinadi.