AsosiySUG'DIYONA

TAMAKIDAN XALOS BO`LIShNING 5 ChORASI!

'TAMAKIDAN XALOS BO`LIShNING  5 ChORASI!'ning rasmi

Har kuni bir quti sigaret sotib olishga necha pul sarflaysiz? Sog`lig`ingiz-chi? O`pka, yurak, jigar kasalliklari, bepushtlik, eng yomoni, o`pka saratoni cho`chitmaydimi? Balki, tamaki chekishdan voz kechganingiz ma`quldir? hozirda buning uchun bir qancha muolaja usullari joriy qilingan.

  • ANTINIKOTIN SAQIChLAR
  • KONFET
  • INGALYaTOR
  • ELIMLI MALHAM (PLSTIR)
  • ELEKTRON TAMAKI

Organizmda nikotin moddasiga qaramlik mavjud bo`lganida mazkur saqichlar asqotishi mumkin. Ta`mi nordon saqich organizmga nojo`ya ta`sir ko`rsatmaydi. Biroq oshqozon yarasi va gastrit bilan og`rigan kishilarga tavsiya etilmasligi mumkin.

Konfet tarkibida nikotin moddasi oz miqdorda bo`lib, og`iz bo`shlig`i shilliq qavatida ta`sirga kirib, tamakiga bo`lgan ehtiyojni susaytiradi. Obakidon ta`siri iste`mol qilinganidan 30 daqiqadan o`tgach, faollashadi. Agar organizm ushbu mahsulotni qabul qilmasa, ko`ngil aynishi, jig`ildon qaynashi yohud hiqichoq tutishi kabi bezovtaliklar kuzatilishi mumkin.

Ko`rinishidan tamakiga o`xshash bo`lsa-da, maxsus qurilmasida almashtirish mumkin bo`lgan nikotin kasulasi bor. Ingalyator ishlatilganida kam miqdorda nikotin ta`siri ham seziladi. Mutaxassislar fikricha bu vosita asta-sekinlik bilan tamaki chekishni tashlamoqchi bo`lganlarga yordam berishi mumkin.

Antinikotinli malhamlar tanaga yopishtirilgach, teri kataklari orqali ta`sir etadi. Oz miqdordagi nikotin tamaki chekuvchi uchun sigaretning bir kunlik miqdorini ta`minlashi mumkin. Bu usul yordamida bajarilgan muolajada nikotin moddasi oz-ozdan kamaytirilib, mutloq moyillik yo`qolgunicha olib boriladi.

Bugunga kelib, Evropada anchayin ommalashgan mazkur mahsulot ruhiy taraflama tamakiga bo`lgan to`belik bilan kurashishda yordam beradi. Elektron tamaki tashqi ko`rinishidan haqiqiydek ishlangan bo`lib, foydalanishda ham maxsus moslamalar yordamida olov ta`siri hosil bo`ladi.

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

Boshqa yangiliklar