AsosiySavol-javob

«YaNA QISQARTIRISh, YaNA IShSIZLIK!»

'«YaNA QISQARTIRISh, YaNA IShSIZLIK!»'ning rasmi

-12 yil bir zavodda ishladim. Revmatizmga yo`liqqanim bois ish lavozimim o`zgartirilib, vaxtyor shtatiga olindim. So`ng men egallab turgan ish lavozimi qisqartirishlarga tushib, boshqa korxonaga farrosh bo`lib ishga joylashdim. Hozir avvalgi ish joyimda chevar bo`lib ishlayapman. Ammo 20 yillik ish stajim bo`lishiga qaramay, yana qisqartirishga tushirishayapti. Nahot ish beruvchi bir xodimni qayta-qayta qisqartirishga tushiraversa?

Munisa Ahmadalieva, Farg`ona shahri

-Savolingiz mazmunidan sizni ish o`rningiz turli davrlarda va turli lavozimlarda qisqartirilgan. Ish o`rinini qisqartirish ishlab chiqarish jarayoniga bog`liq bo`lgani bois bunda cheklanishlarga yo`l qo`yilmaydi. Agar navbatdagi ish o`rnini qisqartirish sizni ish o`rningizdan ketkazish maqsadida qilinapti, deb hisoblasangiz, bu haqda korxona joylashgan hududdagi prokuraturaga murojaat etishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar