1

RAQS SAN`ATINI RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSI IShLAB ChIQILDI!

Madaniyat 29.09.2017, 11:29
RAQS SAN`ATINI RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSI IShLAB ChIQILDI!

Raqs san`ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan hissiy taassurotlari bilan bog`liq holda yuzaga kelgan. Bu san`at dastlab qo`shiq va so`z bilan bog`liq bo`lib, keyinchalik mustaqil san`at turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega bo`la borgan. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniqlik bergan.

Har bir xalqning raqs an`analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo`lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta`sirida tarkib topib rivojlangan. O`zbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanganlar. Ayrim raqslar ro`mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etilgan, ba`zan ijrochi xalq cholg`u asboblari (qayroq, doira, nog`ora va h.k.) da o`ziga o`zi jo`r bo`lgan.

Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu erda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san`ati shakllanib, xalq va professional raqs – ikki yo`nalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarxiy ma`lumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o`yinlar bir-biriga ta`sir ko`rsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta o`yin», «Lazgi», «Kema o`yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy o`yinlar vujudga kelgan.

XX asrga kelib raqs san`ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg`ona raqsi yo`nalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Mazkur yo`nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o`tib, o`z shakli shamoyili, mazmuniga ega bo`ldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg`unboeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo`minov, Ma`mura Ergasheva, Yulduz Ismatova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova va Dilafro`z Jabborova, Qizlarxon Do`stmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta bo`lgan.

Mustaqillik yillarida o`zbek milliy raqs san`atiini rivojlantirish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Sohani rivojlanitirishga qaratilgan me`yoriy hujjatlar qabul qilinib, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu kabi amaliy ishlar ayni paytda ham davom ettirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4956-sonli farmoni 4-bandiga asosan «O`zbeknavo» estrada birlashmasi va «O`zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida «O`zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil etilib, Muassasa tarkibida yangi bo`lim – Raqs

va xoreografiya san`ati faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish bo`limi

faoliyati yo`lga qo`yildi. Uning maqsad va vazifalari, kelajakda amalga

oshiriladigan ishlari belgilab olindi.

BugungikundaToshkent shahrida 10ta davlat va xususi yraqs ansambllari mavjud.Bu ansambllarda 200dan orti qraqqos va raqqosalar faoliyat yuritishadi.Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 16ta raqs jamoalari mavjud bo`lib, ularda 400ga yaqin san`atkorlar ijod qilmoqda.Shuningdek, A.Navoiy, Muqimiy, Berdaq nomidagi musiqali teatrlar hamda Toshkent operetta teatrida 150dan ortiq raqqos va raqqosalar, balet artistlari mehnat qilmoqdalar.

Sohani

rivojalantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgan bo`lsada, bugungi raqs

san`atini qoniqarli deb bo`lmaydi. Buni keyingi paytlarda OAVda milliy

raqs san`atiga doir chop etilayotgan tanqidiy maqolalar va

teleko`rsatuvlardagi mulohazalarda, bugungi kunda raqs san`atining nufuzi

tushib borayotganligi, sohada echimini kutayotgan bir qator kamchilik va

muammolar ko`zga tashlanayotganligi, shuningdek, hududlarga xos raqs

uslublari o`zaro qorishib, raqs san`atining milliy xususiyatlari yo`qolib

borayotganligi keskin tanqid qilinayotganligidan bilish qiyin emas.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriligi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Milliy raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy konsepsiyalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

Konferensiyadan

ko`zlangan asosiy maqsad ham Prezidentimizning 2017 yil 31 maydagi

“Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish

chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-30-22-sonli qarori ijrosini ta`minlash

hamda o`zbek milliy raqs va xoreografiya san`atining taniqli namoyondalari

ishtirokida raqs san`atini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar

ishlab chiqish, eng ilg`or tajribalarni ommalashtirish, ilmiy yangilik va

xulosalarni sohaga izchil joriy etib borishdan iborat.

Ilmiy-amaliy konferensiyada “Milliy

raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy

konsepsiyalari” bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, professor

B.Sayfullaev, “Musiqa va raqs san`atining qadimiy ildizlari” mavzusida

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti direktori, tarix

fanlari doktori A.Berdimuratov, “Raqs jamoalari va ular faoliyatiga doir

mulohazalar” “O`zbekiston” ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari,

O`zbekiston xalq artisti Q.Mo`minov, “Shashmaqom va milliy raqs san`ati”

bo`yicha San`atshunoslik fanlari doktori,O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi

professori O.Ibrohimov “Ommaviy madaniyat va raqs san`ati” mavzusida

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi G.Umarova, “Raqs san`atini

ilmiy o`rganish jarayonlari” Oliy raqs maktabining dosenti, San`atshunoslik

fanlari nomzodi T.Yo`ldoshev “Milliy raqs san`atini rivojlantirishning

zamonaviy konsepsiyalari” “O`zbekkonsert” davlat muassasasi bo`lim boshlig`i,

san`atshunos A.Rahimovlarning ma`ruzalari tinglandi va mavzular atroflicha muhokama etildi.

KONFERENSIYaDA BIR QATOR MASALALAR HAM MUHOKAMA ETILDI
  • Har bir raqs ansambllariga alohida bittadan tajribali soha mutaxassislarini biriktirib, kurator sifatida tayinlandi va ularning ruxsati, ko`rigidan o`tkazilgandan so`ng lisenziya olinishi belgilab qo`yildi. Mazkur masala yuzasidan me`yoriy hujjat ishlab chiqilishi topshirildi.
  • Urf-odatlarimizni saqlagan xolda, yigitlar ansamblini tashkil etish yuzasidan ToshDavMRXOM rektoriga topshiriqlar berildi.
  • “Lazgi” Xorazm raqslari haqidagi 300 betli kitobi konferensiya ishtirokchilariga xavola etildi, darslik sifatida uning elektron shaklini ko`paytirish va talabalar uchun qo`llanma shaklida foydalanish topshirig`i berildi. Uztoz-shogird an`analarini tiklash masalasi, davom ettirish va kuchaytirish kat`iy belgilab berildi.
  • Mukarrama Turg`unboeva nomidagi milliy raqs ijrochiligidagi ko`rik-tanlovni nufuzini oshirish masalasi yuzasidan atroflicha savol javoblar bo`ldi va ko`rik-tanlovning Nizomiga o`zgartirishlar kiritilishi zarurligini bir ovozdan ma`qullandi.
  • Baletmeysterlar ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida ularning Kengashini tashkil etish taklifi berildi.
  • “Raqs sehri” festivalini “Sharq taronalari” festivali direksiyasiga biriktirish va kelgusi yillarda bu xalqaro festivalni nufuzini oshirish hamda 2018 yilda Shaxrisabz shahrida o`tkaziladigan “Shoshmaqom” xalqaro festivali ham shular qatorida alohida e`tiborga sazovorligi, festivallarni o`tkazish bo`yicha muammolarni bartaraf etish maqsadida topshiriqlar berildi.
  • Raqqos va raqqosalarni xorijda malakasini oshirish, xorij davlatlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yilayotganligini targ`ibot qilish hamda tegishli oliy o`quv yurt rektorlarini bu masalada olib borilayotgan isloxatlarini kuchaytirish va mas`uliyatni oshirish kabi topshiriqlar berildi.

Mazkur yig`ilish haqidagi soha mutaxassislarining batafsil fikrlari va ma`lumotlarni "Darakchi" gazetasining 5 oktyabrda sotuvga chiqadigan sonida o`qishingiz mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1