Biroz avval Toshkentdagi kollejda ayovsiz kaltaklangan nogiron yigit haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Agentlikning rasmiy sahifalarida ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi bo‘lgan bola kaltaklangani aks etgan videolavha tarqalgani hamda ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgani aytilgan.
Mazkur voqeani har tomonlama va xolisona o‘rganish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ishchi guruh voqea joyiga chiqib, voqeaning kelib chiqish sabablari va tafsilotlarini batafsil o‘rganmoqda.
Shuningdek, ular voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va rasmiy xulosalar jamoatchilikka taqdim etilishini ham aytib o‘tgan.