AsosiySport

Braziliyalik chaqaloqlarga “JCh-2014” to`plari beriladi

Braziliyada 3dekabr kuni tug`ilgan bolalarning ota-onalari 2014 yilgi futbol bo`yicha jahon chempionatining rasmiy to`plarini bepul olishi mumkin.

Seshanba kuni kelasi yil yozda turnirpaytida foydalaniladigan to`pning taqdimoti bo`lib o`tadi. Ushbu aksiya sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi tomonidan jahon birinchiligi bo`lib o`tadigan 12 ta tashkilotchi shaharda o`tkazilmoqda.

Ota-onalar fazandlarining tug`ilganlik haqidagi guvohnomalarini taqdim etgan holda to`plarni bepul olishi mumkin. Ushbu marketing aksiyasi “har bir braziliyalik bola oyoqlarida to`p bilan tug`iladi” degan iboraga asoslangani qayd etiladi.

Eslatib o`tamiz,Braziliyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati 2014 yil 12 iyunidan 13 iyuliga qadar o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar