AsosiySUG'DIYONA

AMIRA ALIBEKOVADAN «TOVUQLI FREYKA» TAOMI

'AMIRA ALIBEKOVADAN «TOVUQLI FREYKA» TAOMI 'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining mehmoni ba`zi ayol san`atkorlardan farqli o`laroq, oshxonada doim o`z qo`li bilan taom tayyorlaydigan xonanda Amira ALIBEKOVA…

2 KIShILIK TAOM uchun zarur masalliqlar:

  • 300 gr. tovuq to`shi,
  • 200 gr. shampinon,
  • 240 gr. qaymoq,
  • 150 gr. guruch,
  • 1 ta piyoz,
  • 30 gr. o`simlik yog`i,
  • Tuz, qora murch va o`ziga xos ta`m beruvchi ziravorlar: vigeta va oregano.

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Piyoz va tovuq go`shti to`rtburchak shaklda to`g`raladi. Qo`ziqorinlar 4 bo`lakka bo`linadi.

O`simlik yog`ida piyoz «o`lgunicha» qovirilib, ustiga shampinon solinadi. Ozgina qovurilgach, tovuq go`shti solinadi. Qovurish jarayonida tagiga olayotganini sezsangiz, ozgina suv quying.

Ta`bga ko`ra tuz va ziravorlar solib, suvini shimgach, ustidan qaymoq quyiladi.

Qaymoq avval suyulib, so`ng quyiladi.

Taomingiz suyuqroq holda bo`lishini istasangiz, ozroq qovurasiz, quyuqroq bo`lishini xohlasangiz ko`proq.

2-jarayon:

Guruchni avval 30 gramm sariyog` va 10 gramm o`simlik yog`ida qovurib olasiz.

So`ng ustiga qaynab turgan suv quyib, 10 daqiqaga dimlab qo`yiladi. Ikkinchi usul: tuzli suvda guruchni tabga ko`ra qaynatib olib, so`ng saryog` qo`shsa ham bo`ladi.

3-jarayon:

Guruchni istalgan shaklga keltirib, yoniga qovurilgan tovuqni solib, ko`katlar bilan bezatasiz.

AMIRADAN FOYDALI MASLAHATLAR

Oshxonada...

  • Qovurish uchun odatda qiyma, antrekot (molning qovurg`a go`shti), urib yumshatilgan go`sht, romshteks (bir parcha qovurma mol go`shti)dan foydalaniladi. Go`shtni baland olovda, so`ng qopqoqni yopib qoviring.
  • Tovuq qiymasidan «frikadelka» tayyorlash mumkin. Buning uchun mayda to`g`ralgan piyoz, ta`bga ko`ra ziravorlar solib, qo`lni xo`llab dumaloq holatga keltiring. Tuxum solish shart emas, chunki shundoq ham yopishadi.
  • Qattiq go`sht yomshoq bo`lib pishishini istasangiz, qaynatayotgan suvingizga ozgina sirka qo`shing.
  • Kotletga ko`p non qo`shsangiz, yog`li bo`lib qoladi. Chunki non qovurish jarayonida o`ziga ko`p yog` shimadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar