AsosiySPORT

FIFA 2019 yilgi jahon chempionatini O`zbekistonga beradimi?

Ertaga FIFA 2019 yilgi 17 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionati mezbonini...

Ertaga FIFA 2019 yilgi 17 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionati mezbonini aniqlaydi.

Kichik mundialni qabul qilish uchun so`nggi bo`libeng kuchli da`vogar – Hindiston maydonga chiqdi. Ular noyabr oyining o`rtalarida FIFAga kerakli hujjatlarni taqdim etdi. Unga qadar O`zbekiston, Ozarbayjon, Irlandiya va Janubiy Afrika respublikalari musobaqani o`zida qabul qilish uchun ariza topshirishgan. Bu boradagi dastlabki muhokamalar 2013 yil 28 may kuni Mavritaniyadagi FIFA kongressida amalga oshirilgandi. 

17 yoshgacha qizlar o`rtasidagi jahon chempionati musobaqalariga da`vogarlik qilib, keyin
FIFAning qarori bilan musobaqadan ayrilganidan so`ng O`zbekiston futbol federasiyasining bu turnirdagi imkoniyatlari naqadar? 2012 yil sentyabrida Toshkentga safari chog`ida FIFA prezidenti Zepp Blatter avvalgi ishi uchun uzr so`rab, undan yaxshi narsani O`zbekiston futboli uchun berishini aytgandi. Ehtimol, bu va`dani eslatish payti kelgandir.
 
Manba:sports.uz

    Boshqa yangiliklar