AsosiySavol-javob

«O`Z FARZANDIDAN VOZ KEChMOQChI!»

'«O`Z FARZANDIDAN VOZ KEChMOQChI!»'ning rasmi

-Erim bilan ajrashganmiz. Farzandim uchun aliment to`lovi belgilangan. Ammo otasi hech qanday yordam bermaydi. Yaqinda sudga ariza berib, otalik huquqidan voz kechishni so`rabdi. Agar sud uning talabini inobatga olsa, aliment to`lovi bekor qilinadimi?

Shahnoza Ikromova, Toshkent viloyati

-Otalik huquqining bekor qilinishi uchun qonunda belgilangan holatlar bo`yicha asos bo`lishi lozim. Otalik huquqining bekor qilinishi voyaga etmagan bolaning moddiy ta`minoti uchun aliment to`lovidan ozod etmaydi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar