AsosiySUG'DIYONA

OZISh BORASIDA YO`L QO`YILADIGAN 6 XATO

'OZISh BORASIDA YO`L QO`YILADIGAN 6 XATO 'ning rasmi

1. Yalqovlik! Ko`pchilik «Ozishni istayman!» deyishadi. «Ozish uchun biror narsa qildingizmi? Masalan, tonggi jismoniy tarbiya…» degan savolimga, «Kun davomida uyni saranjomlayman, mana shu mening jismoniy tarbiyam!» degan javobni eshitaman. Yoki barcha ayollarga tanish bo`lgan shior: «Ertadan boshlayman!» Ammo bu erta indin ham, bir oydan, bir yildan keyin ham kelavermaydi.

2. Televizor qarshisida ovqatlanish. Bu so`nggi yillarda odat tusiga kirib bormoqda. Ayol televizor qarshisiga serial ko`rgani o`tirsa ham u qorni och yoki to`qligidan qat`i nazar, eyishga u-bu narsa qidira boshlaydi.

3. Kamharakatlik. To`g`ri, ayol kun davomida harakat qiladi, uzzukun uyni saranjomlab-sarishtalaydi. Ammo bu harakatlar ozish uchun etarli emas.

4. Shoshilib ovqatlanish ham ayolda ortiqcha vazn hosil bo`lishiga olib keladi.

5. Tor kiyimlar tanani siqib qo`yadi, natijada qon aylanishi buziladi. Ular ham sellyulit hosil qiladi.

6. Yosh bolali ayollarga farzandlaridan qolgan ovqatni eyish odat bo`lib qolgan. Ovqatlanishdan avval organizmingizga quloq tuting, ochlikda eyilgan ovqat tanada yog` bo`lib yig`ilmaydi.

Bular natijasida semirib ketgan ayol ozish yo`llarini izlay boshlaydi va yana yalqovlik ta`sirida bu yo`lning osonini tanlaydi. Ya`ni, turli parhezlar va boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan dorilarni qabul qila boshlaydi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar