AsosiySUG'DIYONA
17853

ZAYTUN YoG`I – OShQOZON DO`STI

'ZAYTUN YoG`I – OShQOZON DO`STI'ning rasmi

Yog`lar orasida zaytun yog`i foydali xususiyatlari bo`yicha birinchi o`rinni egallaydi:

  • Bavosilni davolashda yordam beradi.
  • Arterial bosimni yaxshilaydi (bu ikki kasalliklarning oldini olish uchun ertalab och qoringa 1 osh qoshiq zaytun yog`i ichish kerak).
  • Ich qotganda: 3-4 choy qoshiq zaytun yog`ini 1 dona tuxum sarig`i va 1 stakan qaynatib, ilitilgan suvni aralashtirib, bir necha tomchi limon sharbati tomiziladi. Ertalab och qoringa ichib, biroz yotish kerak.
  • O`pka shamollaganda: kuniga 1 choy qoshiq zaytun yog`i ichish lozim.
  • Oyoqlar og`riganda: 1 stakan zaytun yog`iga bir choy qoshiq yodlangan tuz aralashtiriladi. Bu yog` bilan oyoqning og`rigan qismlarini uqalang.
  • Oshqozon yarasi bezovta qilganda bir dona tuxum oqini ko`pirtirib, 1 choy qoshiq qand upasi va 1 osh qoshiq zaytun yog`i qo`shib, ertalab och qoringa qabul qilish tavsiya etiladi. Muolaja davomiyligi: 10 kun.
  • Shuningdek, bu yog`ni teri, soch tolalari, tirnoqlarga surtish ham foydali. Yotishdan avval ko`zlaringiz atrofiga biroz zaytun yog`i surting, 20 daqiqadan keyin yuzingizni qog`oz salfetka bilan engil arting. Yog`li yuz bilan uxlab qolsangiz, ertalab yuzingiz shishib qoladi.

Mumkin emas: gastroenterologik kasalliklar, ayniqsa entekrokolit va xolesistit bilan og`rigan bemorlarga.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar