Vitaminlarga boy meva va sabzavotlardan to`yib iste`mol qilasiz. Organizm uchun zarur bo`lgan S vitaminini ham ayni kuzda ko`proq qabul qilarkanmiz. Yana semirib ketish xavf solmaydi. Chunki derazadan tabiat manzarasini tomosha qilgancha shokolad emas, olma yoki nok egingiz keladi-da!
Ko`chaga chiqarkansiz, ko`zingiz oltindek tovlanayotgan olamga tushadi. Sariq, qizg`ish yaproqlar, hali tabiatga taslim bo`lmayotgan ko`k maysalar. Dunyo rango-rang! Sayr qila turib, qalbingizda ham ana shunday tuyg`ularni his qilasiz.
Yorqin kiyimlar! Yoz davomida sariq, yashil, qizil ko`ylaklar kiyib, ko`zni yashnatdingiz. Endi-chi? Qora ranglar panasiga yashirinmasdan, yorqin liboslar kiying. Sariq soyabon, yashil kofta, qizil rangli sharflar... Qarang, tabiat bilan chiroyingiz hamohang!
Uyingiz o`zgacha fayz oladi. Albatta, biror tabiiy gul bilan xonadoningiz ko`rkini oching. Deraza oldida o`tirgancha, bir finjon qahva ila kitob o`qing. Axir yana qachon bunaqa xotirjam tin olasiz.
Toza havoda sport bilan shug`ullaning! Axir kunlar juda issiq ham, sovuq ham emas!
Osmonga boqing! Quyosh bormi-yo`qmi, u o`zgacha ko`rinishda, to`g`rimi?
Shodlikda davom etasiz! Sovuq kunlar boshanguncha vaqtni g`animat bilib, do`stlar bilan uchrashasiz, sayr qilasiz!
Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi