03.12.2013 12:57
Rossiya “JCh-2018”ga 20 milliard dollar sarflaydi
Uning qayd etishicha, ushbu summaning katta qismi mundial o`yinlari o`tkaziladigan
shaharlardagi infratuzilmani yaxshilashga yo`naltiriladi.
"Xarajatlarning katta qismi – bu infratuzilmaga yo`naltiriladigan mablag`lardir, – deydi Sorokin. – Jahon birinchiligiga tayyorgarlik dasturi doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarning katta qismi shundoq ham ro`yobga chiqarilgan bo`lardi. So`z aeroportlar terminallari, shaharlarga kirish yo`llari, metro bekatlari va boshqalar haqida bormoqda. Faqat jahon chempionati uchungina quriladigan va turnir
yakunlanganidan keyin keraksiz bo`lib qoladigan inshootning o`zi yo`q”.
Tashkiliy qo`mita rahbarining so`zlariga ko`ra, 100 milliard rublga yaqin mablag` (3 mlrd dollar) Samara, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Saransk, Volgograd, Ekaterinburg va Kaliningrad shaharlarida ettita stadion qurilishiga sarflanadi.
Qayd etib o`tamiz,futbol bo`yicha oldingi jahon chempiontalari o`tkazuvchi-mamlakatga ancha arzonga tushgan. Xususan, 2010 yilda JARda bo`lib o`tgan futbol bo`yicha jahon chempionatiga
3,5 milliard dollar sarflanib, turnir to`rt milliard dollar mablag` olib kelgandi. Kelasi yili Braziliyada bo`lib o`tadigan chempionatga esa 13,3 milliard dollar sarflanishi rejalashtirilgan.