AsosiySUG'DIYONA
6415

ALOE — BOSh OG`RIQDA YoRDAM BERADI!

'ALOE — BOSh OG`RIQDA YoRDAM BERADI!'ning rasmi

Foydali xususiyatlari:

  • terini tinchlantiruvchi;
  • og`riqsizlantiruvchi;
  • jarohatlarni bitiruvchi;
  • bolalardagi stomatitda;
  • milklar qonashida;
  • emizikli ayollarda ko`krak uchi yorilganda;
  • bosh og`riqlarida yordam beradi.

Nojo`ya ta`siri: jigar, yurak faoliyati bilan bog`liq xastaliklarning og`ir ko`rinishida ichga qabul qilinadigan malham sifatida faqat shifokor bilan maslahatlashgan holda ichish mumkin.

Kimlarga mumkin emas? Aloe bargi sharbatidan tayyorlanadigan malhamlar peshob pufagi, buyrak xastaliklarida, hayz davrida, homiladorlikda, bavosilda tavsiya etilmaydi.

Resept: 1. Gastritni davolashda bir kunda ikki-uch mahal ovqatlanishdan oldin 2 choy qoshiqdan yangi siqilgan aloe bargi sharbati ichiladi.

2. Yo`tal xuruj qilganda 2 osh qoshiq aloe sharbatini teng miqdorda asal va sariyog` bilan aralashtiriladi. Aralashmadan kuniga ikki-uch mahal ovqatlanishdan oldin 1-2 choy choshiqdan qabul qilinadi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar