AsosiySUG'DIYONA

SOVUQ MAVSUMDA QO`LLAR PARVARIShI

'SOVUQ MAVSUMDA QO`LLAR PARVARIShI'ning rasmi
  • Qish-kuz mavsumida sovuq havo, shamol, qor, izg`irin ta`sirida kaftning yuzasi qurib, yorila boshlaydi. Bunday tipik holatlarda qo`lni vaqtincha sovun bilan yuvishni bas qilib, gliserinli iliq suv (1 litr suvga 0,5 stakan gliserin solib) ishlating.
  • Sovuq paytlarda qo`lni suvga ko`p urmaslik uchun ba`zi uy yumushlari uchun rezina qo`lqoplar tayyorlab qo`ying. Ko`cha-ko`yda esa albatta qo`lqop kiyishni unutmang.
  • Sumkangizga qo`llar uchun mo`ljallangan oziqlantiruvchi kremlarni solib qo`ying. Darvoqe, qishda kremni surtib, darrov tashqariga chiqilmaydi, bu qo`lning shamollashiga olib kelishi mumkin. Ish joyingizda esa qulay fursat topib, qo`llaringizni oziqlantirib, yumshatishga іarakat qiling.
  • Qo`l parvarishida іaftasiga 1-2 marta turli vannalar qilish іam samarali. Moychechak, kalendula, qariqiz (chereda) damlamalari yoriqlar bitishida, shamollashni bartaraf etishda foydali xususiyatlarga ega.
  • 1 dona tuxum sarig`iga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq tolqon soling. Tayyor bo`lgan niqobni qo`lga qalin qilib surtib, ustidan paxta mato yoki qo`lqop kiying. 20 daqiqadan so`ng gliserinli suv bilan yuvib, oziqlantiruvchi krem surting.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar