03.12.2013 16:19
Hamdo`stlik kubogi-2014 musobaqasi uchun qur`a tashlandi
Bugun Rossiyadagi "Dom futbola" binosi ushbu musobaqa uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, O`zbekiston yoshlari "S" guruhidan o`rin olishdi. Bizning guruhda Latviya, Belorussiya va Qozog`iston yoshlari ham ishtirok etishadi.
guruhlar bilan tanishing:
"A" guruhi:
Estoniya, Tojikiston, Ukraina, Qirg`iziston.
"V" guruhi:
Litva, Turkmaniston, Rossiya, Moldova.
"S" guruhi:
Latviya, O`zbekiston, Belorussiya, Qozog`iston.
Barcha o`yinlar "Peterburgskiy" SKK majmuasida bo`lib o`tadi.