AsosiySUG'DIYONA

«OKTYaBR» SALATI

'«OKTYaBR» SALATI'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 400 gr. qaynatilgan go`sht, 200 gr. marinadlangan qo`ziqorin, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 5 dona qaynatilgan tuxum, 1 bosh piyoz, salat bargi, ko`katlar, tuz, mayonez.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan kartoshka va go`shtni maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang.

2. Piyozni maydalang, qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing. Marinadlangan qo`ziqorin va salat bargini ham bo`laklarga bo`ling.

3. Barcha mahsulotlarni aralashtirib, mayonez soling. Tuz va maydalangan ko`katlar sepib, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.

4 kishilik.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar