AsosiyMadaniyat

​MORGAN FRIMAN SABABLI O`ZBEKISTONDA NAMOYIShI TO`XTATILGAN FILM 11 OKTYaBRDAN EKRANLARGA ChIQADI

'​MORGAN FRIMAN SABABLI O`ZBEKISTONDA NAMOYIShI TO`XTATILGAN FILM 11 OKTYaBRDAN EKRANLARGA ChIQADI'ning rasmi

Gollivud yulduzi Morgan Friman suratidan kino reklamasida beruxsat foydalangani bois namoyishi to`xtatilgan “Daydi” filmi rejissyori Sirojbek Abdullaev filmini ekranlarga chiqarishga rasman ruxsat olganini bildirdi.

Sirojbek Abdullaevning rejissyor sifatidagi ilk filmi 11 fevraldan ekranlarga chiqarilishi lozim edi.

Biroq "O`zbekkino" agentligi "Daydi" filmini reklama qilishda bir qator qonunbuzilish holatlari kuzatilgani sabab film taqdimotini o`tkazish va uni namoyish qilishni to`xtatib qo`ygandi.

"O`zbekkino" filmning treyleri, bannerlari va chiptalarida Hollivud yulduzi Morgan Frimanning 2014 yilda ishlab chiqarilgan "So`nggi risarlar" filmida suratga tushgan qiyofasi aks ettirilganini aniqlagan va buni noqonuniy deb topgan.

Rejissyor Abdullaevning aytishicha, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilgach, film namoyishiga qayta ruxsat olgan.

    Boshqa yangiliklar