"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining qahramoni nafaqat ijodda, balki oshxonada ham o`z ishining ustasi. Ikki yil Germaniyada yashaganida italyan taomlarini tayyorlashni o`rgangan ekan. Shu bois uy bekalarining vaqtini olmaydigan, tez pishar go`shtli taom tayyorlashni o`rgatishga qaror qildi. O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan artist Jenisbek PIYaZOVning ishini “Palet” restorani oshpazi Eldor BEGMATOV munosib baholadi...
Zarur masalliqlar (1 kishi uchun):
►180 gr. mol go`shti,
►60 gr. kurka go`shti
(indeyka),
►1 ta kartoshka,
►rayµon bargi, tuz, murch,
►50 gr. zaytun yog`i.
Bezak uchun:
►Salat va “aysberg” bargi, cherri pomidori.
Sous uchun zarur masalliqlar:
►3 ta tuxum,
►1 litr o`simlik yog`i,
►100 gr. xantal,
►50 gr. vinoli sirka,
►Limonning to`rtdan biri,
►Tuz, shakar, qora murch.
1-jarayon:
— Mol go`shtini halqa shaklida kesib olib, bolg`acha bilan urib yumshatiladi.


So`ng ta`bga ko`ra tuz, murch sepiladi.



Rayhon bargi taomga o`zgacha ta`m beradi.
2-jarayon:
— Zaytun yog`i solingan tovada go`shtning ikki tomoni ham qovuriladi.

Go`sht 7 daqiqada pishadi. Uzunchoq shaklda to`g`rab, tuzlangan kartoshka ham qovuriladi.
3-jarayon:
— Taom likopchaga solinadi.


Chetiga zaytun yog`i, tuz bilan aralashtirilgan salat va “aysberg” bargi, cherri pomidori did bilan bezatiladi.
Sous tayyorlanishi:
— Tuxum, xantal, vinoli sirka, limon, tuz, shakar, qora murchni bitta idishga solib, mikserlanadi. Masalliq quyilishni boshlaganida oz-ozdan o`simlik yog`i solib, tayyor holga kelguniga qadar mikserlanadi.
JENISBEKDAN FOYDALI MASLAHATLAR
◘ Oshpazlarning tavsiyasiga ko`ra har bir oshxonada 6 ta taxtacha bo`lishi shart ekan. Ular: tovuq, baliq, go`sht mahsulotlari, qaynatilgan sabzavotlar, non va mevalar uchun.
◘ Bananni boshqa mevalar bilan birga saqlamang. Hatto bir to`p bo`lib turgan bananlarni ham bir-biridan alohida joylang. Yo`qsa, o`zidan chiqaradigan gaz orqali tez qorayib qoladi.
◘ Tovaning ichi qirilgan bo`lsa, masallig`ingiz albatta kuyadi.
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






