AsosiySUG'DIYONA

MUZLATKIChDAN FOYDALANISh QOIDALARI

'MUZLATKIChDAN FOYDALANISh QOIDALARI'ning rasmi

• Tayyor va xom eguliklar (tuxum, baliq va go`shti)ni bir qatorda joylashtirmang.

• Imkon qadar mahsulotlarni havo o`tkazmaydigan maxsus idishlarda saqlang. Bu bilan muzlatgichda turli yoqimsiz hidlar paydo bo`lishining oldini olgan bo`lasiz. Shuningdek, idishlar tufayli muzlatgich ichida ko`proq joy ochiladi.

• Sabzavot va mevalar toza hamda quruq bo`lishiga e`tibor qarating. Yaxshisi, ularni qog`oz xaltada asrang.

• Ko`katlar “guldasta” ko`rinishida uzoq muddat saqlanadi. Idishga suv to`ldirib, ko`katlarni unga solib qo`yasiz va har ikki kunda bir marta idishdagi suvni almashtirib turasiz.

• Tuxumni muzlatgichga qo`yishdan avval uni yuvish esingizdan chiqmasin.

• Yana, mahsulotlarning yorlig`idagi yaroqlilik muddatiga ko`z tashlab turish kerak. Egulik muzlatgichda saqlansa-da, uni o`z vaqtida ishlatishga o`rganing.

• Haftada bir marta muzlatgichdagi mahsulotlarni ko`zdan kechirishni odat qiling.

• Pomidor — olma va boshqa mahsulotlar uchun yaxshi “qo`shni” emas. Ular o`zidan etilen moddasini ajratadi, bu esa mahsulotlarning urinib qolishini tezlashtiradi.

    Boshqa yangiliklar