AsosiyShou-biznes

Rejissyor Rustam Sa`diev tavakkalga qo`l urdi

Rejissyor Rustam Sa`diev bir yildan ziyodroq vaqt o`tdi hamki yangi filmlarini tomoshabinlarga taqdim etmayotgan edi...
 
Rejissyor ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi film ustida ish boshlaganini ma`lum qildi. “Sevgi
balki bu jannat” nomli mazkur kartinada yosh aktyorlar Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova, Dilnoza Umarova ishtirokidagi muhabbat uchburchagini ko`rishingiz mumkin.
 
Filmda asosan yosh ijodkorlar yig`ilgan. Har holda Sa`diev tanilgan chehralar bilan zalni to`ldirmasligi ham tan olingan haqiqat! Dilnoza Kubaeva, Farrux Soipov, Ulug`bek Qodirov, Adiz Rajabovdek ijodkorlarni ham avvalari hech kim tanimasdi. O`sha vaqtlarda ham Sa`diev ularning ilk parvoziga imkon bergan. Darvoqe, rejissyor “Sevgi balki bu jannat” filmi tayyor bo`lgunga qadar tomoshabinlarga “Erkatoy” nomli yangi filmni taqdim etmoqchi. Mazkur filmda aktyorlardan Ulug`bek Qodirov, Dilnoza Umarova, Ra`no Zokirova, Behzod Muhammadkarimov, Dilbar Ikromova suratga tushgan. Ijtimoiy komediya janrida suratga olingan kartina tez orada katta ekran yuzini ko`rishi kutilmoqda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar