AsosiyShou-biznes

Ruhshona va Zarina mukofot bilan taqdirlandilar

Bugun poytaxtimizning “Turkiston” saroyida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shayotgan bir guruh yoshlarga “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni topshirildi.
 
Mazkur mukofot bilan taqdirlanganlar orasida iste`dodli aktrisa Zarina Nizomomitdinova hamda xonanda Ruhshona ham bor.
 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2003 yil 4 avgustdagi farmoniga binoan ushbu mukofot bilan ma`naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg`usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro`si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko`rsatayotgan yoshlar taqdirlanadi.
 
O`z o`rnida tahririyatimiz nomidan san`atkorlarni bu yuksak mukofot bilan tabriklab, yanada yuksak zafarlar tilab qolamiz.
 
 
 

 
 

    Boshqa yangiliklar