1

​BIShKEK VA O`ShDA "OYQIZ ERTAGI" NAMOYISh ETILADI

Madaniyat 06.10.2017, 11:43
​BIShKEK VA O`ShDA "OYQIZ ERTAGI" NAMOYISh ETILADI

2017 yil 5 oktyabr kuni Qirg`izistonda O`zbekiston madaniyati kunlari boshlandi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Qirg`izistonga yurtimiz madaniyati va san`atining bir guruh vakillari yo`l oldi. Ular orasida o`zbek kinematografiyasi namoyondalari ham bor.

Bishkek va O`sh shaharlarida o`tkaziladigan O`zbekiston madaniyati kunlari doirasida rasmiy uchrashuvlar hamda “Zamonaviy O`zbekiston” nomli tasviriy san`at va foto ko`rgazma, konsert dasturlari va “O`zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan, kinorejissyor Akbar Bekturdievning “Oyqiz ertagi” badiiy filmi taqdim etiladi.

2016 yilning 20 mayidan ekran yuzini ko`rgan “Oyqiz ertagi” tarixiy ertak filmini yaratishda zamonaviy texnologiyalar, kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. Kinoasarda vatanni sevish, uning daxlsizligini ko`z qorachig`idek asrash, mardlik, halollik, yovuzlikka qarshi kurash singari ezgu g`oyalar ulug`langan.

Bosh rollarni taniqli yosh aktyorlar Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova ijro etgan. Film ssenariysi muallifi — Muhammad Davlatilloh, rejissyor — Akbar Bekturdiev.

Mazkur kartina qirg`izistonlik tomoshabinlarda ham iliq taassurot qoldirishiga va O`zbekiston madaniyati kunlari qardosh o`zbek va qirg`iz xalqlari o`rtasidagi do`stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga katta xissa qo`shadi, degan umiddamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1