my5
all

​DAVRON KABULOV QIZINI TUG`RUKXONADAN OLIB ChIQISh MAROSIMINI ISROFGARChILIK DEGANLARGA JAVOB BERDI (FOTO VA VIDEO)

Madaniyat 06.10.2017, 12:38
40675
​DAVRON KABULOV QIZINI TUG`RUKXONADAN OLIB ChIQISh MAROSIMINI ISROFGARChILIK DEGANLARGA JAVOB BERDI (FOTO VA VIDEO)

Sentyabr oyining ohirgi kunlarida qiz farzandli bo`lgan “Milion” jamoasi vakili, teleboshlovchi Davron Kabulov qizining tug`ruqxonadan olib chiqish marosimini dabdabali o`tkazgani barchaning tanqidlariga sabab bo`ldi.


Ushbu tanqidlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holat isrofgarchilik ekanligi, hammaning ham qurbi etmasligi, buning o`rniga shuncha harajatni etim-esirlarga qilish mumkinligini haqidagi fikrlar ham bo`ldi.

Davron Kabulov ushbu fikrlarga javob qaytardi:

“Yaxshi tilak bildirgan barchaga katta rahmat! Tug`ruqxonadan olib chiqish marosimini isrofgarchilik va dabdababozlik sifatida baholaganlarga esa gaplarim bor: Birinchidan, Yaratganga shukr, bizni o`g`rilik qilib, birovlarning dilini og`ritib, firibgarlik bilan kun ko`ruvchi bandalaridan qilmadi. Topgan rizqimizni esa kasalxonaga, prokuraturaga yo qarzga botgan kunimizga, zino yoki nasha chekishga emas, mana shunaqa yaxshi sabablarga sarflaydiganlardan qilganiga shukr! Ikkinchidan, birinchi marta ota bo`lsangiz-u, uyingizga to`rtta shar ilib, ayolingizga guldasta ko`tarib borishga farosatingiz etmasa, sizni orzu-havasli inson deb hisoblamayman, ammo, ayblamayman ham. Chunki, siz pulni qanday sarflashingizni muhokama qilishga mening xaqqim yo`q. Meni holatimda siz haqli emassiz. Uchinchidan, Prezident ortiqcha marosimlardan tiyilishga chaqiryapti. Davlat rahbarining orqasidan ergashadigan fuqaro sifatida beshik to`yni bekor qildirdim. Siz nimani bekor qildingiz, menga qiziq? To`rtinchidan, shu paytgacha biror do`stim farzandli bo`lsa (riyoga kirmasin) yo mashinasini gaplashib berganman, yo uyini bezatishda qatnashganman, hech bulmasa fotografni suyunchi sifatida jo`natganman. O`rtoqlarimning esidan chiqmagan ekan, biri sharchi bilan keldi, ikkinchisi mashina yubordi, bittasi gulni hal qilsa, boshqasi 10ta multfilm qahramonini yuboribdi. Mard bo`lib ayting, o`rnimda bo`lsangiz qaysi birini behurmatlik qilib orqaga qaytarib yuborardingiz? Harajatlarimni birovga gapirib o`rganmaganman, lekin bu gal pul sarflashimga deyarli qo`yishmadi. Beshinchidan, Shahzoda, yo Dilso`zning qo`shiq kuylagani g`ashingizni keltirgandir, balki? Sezib turibsizku, pul uchun kelishmaganini - hamkasb sifatida qo`llab-quvvatlashganini. Yana bir marta rahmat ularga!"
QANI DABDABA? QAERDA ISROFGARChILIK? Alloh har birimizning xonadonimizga quvonchli kunlarni beraversin!
P/S: Ha, darvoqe, yurakni keng qiling, odamlarga havas bilan qarab ko`ring, balki sizning hayotingizda ham nimadir yaxshi tarafga o`zgarar. Iliq niyatlari bilan siylaganlarga esa yana bir bora tashakkur!

Quyida internetda ushbu marosimdan tarqalgan lavhani ko`rishingiz mumkin.



Шарҳлар