04.12.2013 16:19
Shahzoda Uilyam fermerga aylanadi
Bu haqda Londonning "The Sun” nashri xabar berdi. “Shahzoda qishloq xo`jaligini yuritish kurslariga o`qishga kirishga tayyor. 31 yoshli shahzoda qirolga aylanganidan so`ng otasidan
qirollik oilasining shaxsiy erlarini – Kornuoll gersogligini qabul qilib olish uchun zarur bilimlarni olishiga umid qilmoqda”, - deb yozadi ushbu nashr.
Qirollik HHK zaxirasining kapitani hozir Kembrij universitetining qishloq xo`jalik iqtisodiyoti kurslariga o`qishga kirishga tayyorgarlik ko`rmoqda, deya qayd etadi “ITAR-TASS”.





