1

Ronaldu Ispaniyaning eng qimmatli o`yinchisiga aylandi

Sport 04.12.2013, 17:03
Ronaldu Ispaniyaning eng qimmatli o`yinchisiga aylandi
Ispaniyada o`tgan futbol mavsumining sovrindorlari e`lon qilindi.

Madridning “Real” klubihujumchisi Krishtianu Ronaldu  mamlakat chempionatining qimmatli o`yinchisiga aylandi.

O`tgan mavsumda Ronaldu 34 ta to`p kiritgan, golga olib kelgan o`nta uzatmani amalga oshirgan va “Real” tarkibida Primeraning kumush medali sohibiga aylangan. O`tgan mavsumning eng yaxshi o`yinchisi nomi esa Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona”ning etakchi futbolchisi Lionel Messiga nasib etdi.  

Oxirgi hafta davomida “Real” hujumchisi son mushaklari jarohati tufayli mashq qila olmadi va jamoaning ikkita oxirgi o`yinini o`tkazib yubordi. Biroq, Ronalduning so`zlariga ko`ra, u yaqin dam olish kunlari maydonga chiqishga tayyor bo`ladi.

Boshqa nominasiyalarda mukofotlar quyidagicha taqsimlandi: mavsumning eng yaxshi murabbiysi – Diego Simeone ("Atletiko"), eng yaxshi darvozabon – Tibo Kurtua ("Atletiko"), eng yaxshi himoyachi – Serxio Ramos ("Real"), eng yaxshi xavbek va mavsumning eng yaxshi yangi o`yinchisi –
Aser Ilyaramendi (yozda “Real Sosedad”dan “Real”ga o`tgan), eng yaxshi yarim himoyachi – Andres Inesta ("Barselona"). Shuningdek, “Fair-play” individual mukofoti (halol o`yin uchun) “Real” darvozaboni Iker Kasilyasga, jamoali mukofot esa – Bilbaoning "Atletika" jamoasiga nasib etdi, deya xabar beradi "R-Sport".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1