1

​NUKUSDA EVROPA FILMLARI BEPUL NAMOYISh ETILDI

Madaniyat 09.10.2017, 16:58
​NUKUSDA EVROPA FILMLARI  BEPUL NAMOYISh ETILDI

Nukusda 6-8 oktyabr kunlari Evropa kinosi festivali bo`lib o`tdi.

Festivalning ochilish marosimida Evropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegasiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays, “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va boshqalar Evropa davlatlari va O`zbekiston o`rtasidagi an`anaviy madaniy hamkorlik faol rivojlanayotganini ta`kidladi. An`anaviy o`tkazib kelinayotgan Evropa kinosi festivali buning yorqin tasdig`idir.

Madaniyat va san`at bayrami Shveysariya kinematograflari tomonidan yaratilgan “Xaydi” badiiy filmi namoyishi bilan boshlandi. Inson va tabiat uyg`unligi Xaydi ismli qizaloq boshidan kechirgan voqealar vositasida ishonarli va qiziqarli tarzda ko`rsatib berilgani hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Festival doirasida, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya va Fransiya davlatlari kinoustalari tomonidan yaratilgan badiiy va hujjatli kartinalar, animasion filmlar namoyish etildi.

Germaniyalik kinoijodkorlar tomonidan 2015 yilda suratga olingan “To`rt qirol”, fransiyalik kinosan`atkorlarning 2014 yilda yaratilgan “So`nggi gavhar tosh”, Buyuk Britaniyaning 2010 yilda yaratilgan “Qirol gapiradi” badiiy filmlari, Finlyandiyaning “Ko`l haqida ertak” hujjatli kartinasi hamda Fransiyaning “Qanot qoqib yubor” multfilmi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otdi.
Milliy va xalqaro tanlovlar sovrindorlari bo`lgan ushbu asarlar qoraqalpog`istonlik tomoshabinlarga bepul namoyish etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1