Yozda klub bilan shartnoma muddati tugaydigan Lionel Messi atrofida yana turli gap-so`zlar bolaladi. Masalan, Ispaniyaning As nashri Lionel Messi «Manchester Siti» klubiga o`tishi mumkin degan xabarni tarqatdi. Aslida «Manchester Siti» Messining yangi shartnomasi borasidagi qarorini kutayotgan bo`lib, agar u jamoada qolishni istamasa, istalgan vaqtda uni Angliyada to`p tepishga taklif qilishga tayyorligini ma`lum qilgan.
Nashr bergan ma`lumotga ko`ra, Messi «Barselona»dan ketishga qaror qilsa, «Manchester Siti» u uchun 400 million evro to`lashga tayyor.






