AsosiySUG'DIYONA
6813

MOYChEChAK — ShAMOLLASh ASORATLARINI BARTARAF ETADI!

'MOYChEChAK — ShAMOLLASh ASORATLARINI BARTARAF ETADI!'ning rasmi

Foydali xususiyatlari:

  • ko`z og`rig`i, xiralashishida;
  • toshma, turli qichimalarda;
  • tomoqdagi balg`amni ko`chirishda;
  • peshob haydash, mayda toshlarni tushirishda;
  • milklar shamollaganda;
  • me`da yarasini tuzatishda;
  • miyaga quvvat berish, asabni tinchlantirishda;
  • ayollardagi shamollash kasalliklarida samarali ta`sirga ega.

Nojo`ya ta`siri: ba`zilarda moychechak damlamasidan so`ng xalqum bilan bog`liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bordiyu mazkur holatlar bezovta qilsa, damlama iste`molidan so`ng ozgina asal eyiladi.

Resept: ayollardagi surunkali shamollash xuruj qilgan paytda 2-3 osh qoshiq moychechak gulini 2 litr suvga damlab, 15-20 daqiqa usti yopiq idishda tindiriladi. Damlamani kichik tog`oraga solib, o`tirgan holatda vanna qabul qilinadi. Bunda suv harorati iliqdan biroz issiq bo`lishi kerak. Moychechak gulidan tayyorlangan mazkur damlama shamollash asoratlarini bartaraf etadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar