1

JAR sobiq prezidenti Nelson Mandela vafot etdi

Dunyo 06.12.2013, 10:13
JAR sobiq prezidenti Nelson Mandela vafot etdi
Janubiy Afrika sobiq prezidenti va jahon Nobel mukofoti sohibi Nelson Mandela 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun kechasi mamlakatning hozirgi prezidenti Jeykob Zuma xabar berdi.
 
Ma`lumotlarga qaraganda, Mandela Yoxannesburgdagi uyida uzoq vaqt betoblikdan so`ng vafot etgan. U o`pka infeksiyasidan aziyat chekkan.
 
Zumaning televizion murojaatida aytilishicha, Mandela davlat tomonidan izzat-ikrom bilan dafn etiladi. JAR prezidenti sobiq rahnamo hotirasiga barcha bayroqlarni tushirishni buyurdi.
 
JAR tarixidagi ilk qoratanli prezident Nelson Mandela 1918 yilning 18 iyul kuni Kunu qishlog`ida (bantustan Transkey) qabila boshlig`i oilasida tavallud topgan.
 
U tug`ilganda unga «Rolixlaxla» ismi berilgan. Maktabda chog`ida u britancha Nelson ismiga o`zgartirilgan.
 
JAR prezidenti lavozimini 1994-1999 yillarda egallagan Nelson Mandela  aparteid davrida inson huquqlari uchun kurashgan eng mashhur faollardan bo`lib, buning uchun u 27 yil qamoqda o`tirib chiqqan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1