AsosiySport

Riki Puch 2027 yilgacha maydonga tusha olmasligi mumkin

Puch 2022 yil yozida "Barselona"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tgan.

'Riki Puch 2027 yilgacha maydonga tusha olmasligi mumkin'ning rasmi

"Barselona" sobiq futbolchisi, "Los-Anjeles Gelaksi" yarim himoyachisi Riki Puch tizzasidan olgan jarohati sabab 2026 yilgi barcha o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

26 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi oxirgi marta maydonga 2024 yil dekabrida tushgan va xochsimon bog‘lamining yirtilishi tufayli 2025 yilgi mavsumni to‘liq o‘tkazib yuborgan. Endilikda jarohat sabab 2026 yilda ham maydonga tushishi shubha ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Puch 2022 yil yozida "Barselona"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga o‘tgan va uning klubi bilan shartnomasi 2027 yil oxirigacha amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar