Buyuk Britaniyadagi temir yo`l stansiyalaridan birida kuzatuv kameralari yuk poezdi bolalar aravachasini urib ketganini suratga oldi.
YouTube tarmog`iga joylangan yozib olingan kadrlarda ichida sumka bor bolalar aravachasi platforma tomonga yurib kelayotgani va o`tib ketayotgan poezd bilan to`qnashayotgani aks etgan.
Bola bu vaqtda onaning qo`lida bo`lgan va unga hech narsa qilmagan.
Temiryo`l tashuvchi xavfsizlik kengashi bunday holatlar takrorlanmasligi uchun aravachalarni tormozga qo`yishni maslahat berdi.






