AsosiyDunyo

​MEKSIKA ZILZILADAN SO`NG $150 MILLION SUG`URTA PULI OLADI

'​MEKSIKA ZILZILADAN SO`NG $150 MILLION SUG`URTA PULI OLADI'ning rasmi

Meksika moliya vazirligi mamlakatga 7 sentyabrdagi zilzila uchun 150 million dollar miqdorida sug`urta puli to`lanishini ma`lum qildi.

Shu kuni sodir bo`lgan zilzila kuchi 8,1 magnitudani tashkil qilgan, oqibatda o`nlab insonlar halok bo`lgan, bir qator shtatlarda infratuzilma vayron bo`lgan. 19 sentyabr kuni Meksikadi yana bir zilzila sodir bo`ldi, uning qurbonlari soni 369 kishini tashkil qildi.

Ushbu sug`urtani mamlakat bir necha yil avval tashqi bozorda Butunjahon banki ko`magida xarid qilgan.

Boshqa yangiliklar