So`nggi 40 yilda butun dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan bolalar soni 11 martaga oshdi. Bu haqda Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining tadqiqotida ma`lum bo`ldi.
Tadqiqot Londonning Imperiya kolleji mutaxassislari bilan o`tkazildi va u 40 yil ichidagi keng ko`lamli tadqiqot sanaladi. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, semizlikdan aziyat chekadigan bolalar va o`smirlar soni 124 millionni tashkil qilgan.
Kattalarning statistikasi ham hursand qilmayapti – bu raqam 40 yilda 100 milliondan 671 milliongacha o`sgan.
Yana qariyb 1,3 milliard kishi ortiqcha vazndan aziyat chekadi.






