AsosiySUG'DIYONA

«XAYRLI KUN» TOBLAMASI

'«XAYRLI KUN» TOBLAMASI'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 500 gr. tvorog, 50 ml. smetana, 50 gr. mayiz, 2 dona tuxum, tuz, 1 dona olma, 3 osh qoshiqdan shakar va un, dolchin.

Tayyorlanishi: 1. Tvorog, smetana, shakar, tuz va unni aralashtiring. 15-20 daqiqa qoldiring.

2. Tuxumni ko`pirtirib, tvorogli aralashmani qo`shing. So`ngra mayiz soling.

3. Yog`langan qolipga solib, maydalangan olmalarni tvorogli toblama ustiga joylang-da, dolchin seping. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

Tayyorlashi vaqti: 1 soat.

6 kishilik.

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

Boshqa yangiliklar