AsosiySUG'DIYONA

ODAMLARNING IZZAT-NAFSONIYaTIGA TEGMASDAN ULARGA TA`SIR ETIShNING 9 QOIDASI

'ODAMLARNING IZZAT-NAFSONIYaTIGA TEGMASDAN ULARGA TA`SIR ETIShNING 9 QOIDASI'ning rasmi

1. Ishni hamsuhbatingizni maqtashdan va uning yaxshi jihatlarini samimiy e`tirof etishdan boshlang.

2. O`zgalarning xatosini to`g`ridan-to`g`ri emas, balki bilvosita ko`rsating.

3. Dastavval o`z kamchilik, nuqsonlaringiz haqida gapiring, so`ng hamsuhbatingizni tanqid qilishga kirishing.

4. Hamsuhbatingizga buyruqlar berish o`rniga unga savollar bering.

5. Odamlarga o`z obro`-e`tiborlarini saqlab qolishga imkon bering.

6. Odamlarning juda kichik bo`lsa ham muvaffaqiyatini e`tirof eting, ma`qullang hamda har bir yutug`ini qayd eting. Baholashda samimiy va maqtovda bag`rikeng bo`ling.

7. Odamlarga yaxshi obro`-e`tiborga sazovor bo`lishlari uchun imkon yarating, toki ular buni oqlashga harakat qilishsin.

8. Rag`batlantirishga urining. Shunday tasavvur uyg`otingki, xatoga yo`l qo`ygan kishi xatosini engil tarzda to`g`irlasin.

9. Shunga erishingki, odamlar siz tavsiya etgan ishlarni bajarganlaridan xursand bo`lishsin.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar