AsosiyDunyo

​ERLIKLARNI KUChLI MAGNIT BO`RONI KUTMOQDA

'​ERLIKLARNI KUChLI MAGNIT BO`RONI KUTMOQDA'ning rasmi

Ayni damda Erda kuchli magnit bo`roni kuzatilmoqda. Sinoptiklar magnit bo`ronining avj pallasi 13–14 oktyabr kunlariga to`g`ri kelishini ma`lum qilishdi.

Bo`ron ta`sirchan insonlar va elektronikaga ta`sir qilishi mumkin. Bundan tashqari uning aloqa, tele- va radiosignallar va sputniklar faoliyatiga salbiy ta`siri kuzatiladi. Buning sababi —quyosh shamoli.

Sinoptiklar magnit bo`ronlarining ta`siri odamlarda sog`liqning yomonlashishi, bosh og`rig`i, migren, yurak urishining tezlashishi, uyqusizlik, qon bosimning oshishi bilan kechishini aytishmoqda.

Erda magnit bo`ronlari o`tgan oyning boshida boshlangan.

Olimlar sinoptiklarning ushbu fikrlarini inkor etishmoqda. Ular ushbu kunlarda kuchli magnit bo`ronlari kuzatilmayotganini qayd etishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar