1

Shifo maslahat: “O`G`LIM DUDUQLANAYaPTI”

Salomatlik 11.10.2017, 20:09
 Shifo maslahat: “O`G`LIM DUDUQLANAYaPTI”

— Hademay o`g`lim maktab yoshiga etadi. Ammo hali ham ba`zi so`zlarni to`g`ri talaffuz qilmaydi. O`tib ketar, deya ahamiyat bermayotgandik. Endi bo`lsa, tashvishlanib qoldim, agar o`tib ketmasa-chi? Undagi bu o`zgarishning sababi nima bo`lishi mumkin?

Oydin Sadriddinova, Toshkent viloyati

Nodira GAZIEVA, logoped-defektolog:

— Farzandingiz duduqlanib gapirayotgan bo`lsa, sababni avvalo oiladan izlashingiz lozim. O`ylab ko`ring, biror ruhiy ta`sir bo`lmaganmi? Qachondan boshlab, so`zlarni to`g`ri talaffuz etolmaydi? Bolalardagi duduqlanish ruhiyatdan tashqari yana bir qancha omillar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Jumladan:

– Biror nimadan qattiq qo`rqish;

– Yuqumli kasalliklar;

– Bosh sohasiga shikast etishi;

– Harakat, ohang hissi, mimik-artikulyar faoliyat rivojlanishida etishmovchilik;

– Ayrim hollarda nasldan o`tishi ham mumkin.

Duduqlanishga oddiy holdek qaramagan ma`qul. Uni davolashda tizimli va davomiy muolaja turlari talab qilinadi. Sizning vaziyatingizdamalakali pedagok va logoped defektologlarga murojaat qilib, farzandingizning nutqidagi muammolarni hal qilish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1