1

Shifo maslahat: “BIQINIM SANChIYDI”

Salomatlik 12.10.2017, 10:17
Shifo maslahat: “BIQINIM SANChIYDI”

— Tez yursam yoki o`tirgan joyimda keskin harakatlansam, o`ng biqinimda sanchiq paydo bo`ladi. Ba`zan og`riq bir necha daqiqa davom etib, yurishga qiynalaman. Bu nimadan bo`lishi mumkin?

Xushro`y Sanaeva, Qashqadaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— O`ng yonbosh biqindagi og`riq jigar, o`t qopi, o`n ikki barmoqli ichak faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Agar sanchiqlar birdan yuz berib, tez-tez takrorlanayotgan bo`lsa, albatta shifokorga murojaat eting. Og`riq o`tib ketgan taqdirda ham, albatta mutaxassis ko`rigi zarur. Shifokor nazoratida jigar va o`t xaltasining UTTtekshiruvi o`tkaziladi. Ba`zan o`t qopida tosh bo`lsa yoki ushbu a`zoning qiyshayishi kuzatilsa yoxud jigarda shish bo`lganida ham sanchiqlar yuz berishi mumkin. Tekshiruvdan o`tganingizdan so`ng aniqlangan o`zgarishga ko`ra zarur muolaja tanlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1