AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “IKKILAMChI OSTEOXONDROZ NIMA?”

'Shifo maslahat: “IKKILAMChI OSTEOXONDROZ NIMA?”'ning rasmi

— Ertalab uyqudan uyg`onganimda belim qotib qolayotganidan qiynalayotgandim. So`nggi vaqtlarda keskin harakatlansam ham, og`riq berayapti. Shifokor ko`rigida menga ikkilamchi osteoxondroz tashxisini qo`yishdi. Osteoxondroz haqida eshitganman. Ammo ikkilamchi turini bilmas ekanman. Shu haqda ma`lumot bersangiz.

Saida`lo Karimov, Toshkent viloyati

Muhabbat NASRULLAEVA, oliy toifali shifokor-nevrolog:

— Ikkilamchi osteoxondroz umurtqa pog`onasidagi shikastlanishlar, yuqumli kasalliklar bilan og`rish hamda haddan tashqari jismoniy zo`riqish sabab yuzaga keladi. Ushbu holatda nevrolog va vertebrolog shifokorlarning ko`rigi talab etiladi. Bunda umurtqa pog`onasi suyaklarining umumiy holati o`rganilib, rentgen, magnit-rezonans tomografiya tekshiruvlari buyuriladi. Tahlil xulosalaridan kelib chiqib, og`riqni qoldiruvchi, yallig`lanishga qarshi, fizioterapiya hamda davolash gimnastikasi amalga oshiriladi. Og`riq xuruj qilgan vaqtda issiq muolajalar, vanna, uqalash tavsiya etilmaydi. Bu og`riqni zo`raytirishi mumkin. Bunday vaqtda harakatni cheklash va qattiq o`rinda yotish kerak.

    Boshqa yangiliklar