AsosiyDunyo

Gonkongda dunyodagi eng qimmat etik taqdim etildi

Gonkongdagi biznes-ko`rgazmada oltin va brilliantlar bilan bezatilganetik taqdim etildi. Ushbu poyabzal belgiyalik firma tomonidan zargarlik kompaniyalari va moda instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi, deya xabar beradi “Rapaport”.

Ko`rgazma ishtirokchilariga etikni xitoylik rassom ayol Yu Chjou taqdim etdi. U etiklarni
podiumda yurib ko`rsatdi. Hozircha poyabzalning aniq og`irligi aytilmayapti, biroq etiklarga 4,7 kg oltin va 1550 karat brilliant ketgani ma`lum.

Etiklarni bezash uchun jami 39083 ta kulrang, och pushti, yorqin pushti va shampan rangli brilliantlardan foydalangan. Poyabzalning o`lchami 39-evropa o`lchamiga to`g`ri keladi. Etiklarning narxi – 3,2 million dollar. 

    Boshqa yangiliklar