Meksika janubiy sohillarida magnitudasi 5,4 bo`lgan zilzila sodir bo`ldi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 19.20 da sodir bo`ldi. Zilzila o`chog`i 59,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar va vayronalar haqida ma`lumotlar yo`q.
Sentyabr oyida Meksikada ikkita kuchli zilzila bo`lib o`tdi. So`nggi rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 19 sentyabr kuni bo`lgan zilzila 369 kishini, 7 sentyabr kungisi yana 70 kishini hayotdan olib ketgan. Meksika Prezidenti Enrike Penya Neto ikkita sentyabr zilzila vayronalarini tiklash uchun 37,5 milliarda peso (2 milliard dollar)dan ortiq mablag` zarur deya baholagan.






