AsosiyMADANIYAT

​ShAVKAT MIRZIYoEV XORAZM VILOYaTI MUSIQALI DRAMA TEATRIGA TAShRIF BUYuRDI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 15 oktyabr kuni Xorazm viloyati musiqali drama teat...


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 15 oktyabr kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrini borib ko`rdi.

Xorazm viloyati musiqali drama teatri 1975 yilda qurilgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan shu kunlarda teatr binosi, jumladan, 572 tomoshabinga mo`ljallangan zal kapital ta`mirlanmokda, deb xabar beradi O`zA.

Teatr sahna dekorasiyalari va konstruksiyalari, liboslar, grim va postijer mahsulotlari, parda va boshqa buyumlar bilan ta`minlanadi.

Prezidentimiz teatr mutasaddilari bilan muloqotda teatr faoliyatining mazmun-mohiyatini yanada boyitish bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Teatrni haqiqiy ma`naviyat o`chog`iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak, dedi davlatimiz rahbari. Xorazmning buyuk tarixi bor. Ulug` allomalarimiz, shu bilan birga zamonamiz qahramonlari haqida sahna asarlari yaratish zarur.

Ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash, ular uchun zamonaviy uy-joy qurib berish, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar