1

Madad-shifo: “OG`IZDAN HID KELCA...”

Salomatlik 16.10.2017, 17:24
Madad-shifo: “OG`IZDAN HID KELCA...”

— O`tkir ta`mli mahsulotlar iste`mol qilinmaganida ham og`izdan yoqimsiz hid kelishi mumkinmi? Nega shunday bo`ladi? Biror kasallikmi desam, hech qaerim og`rimayapti.

A. Norova, Samarqand shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Og`izdan yoqimsiz hid kelishi ko`pincha milklar, bodomcha bezlarining yallig`lanishi, oshqozon-ichaklar, gastrit hamda jigar faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Ba`zan organizmdagi kasalliklar yashirin tarzda kechgani bois jiddiy bezovtaliklarni sezmaysiz. Lekin og`izdan kelayotgan hid o`zingizga ham sezilayotgan bo`lsa, demak, tibbiy ko`rikdan o`tish uchun etarli asosingiz bor. Avval terapevt ko`rigidan o`ting, umumiy holatingiz, tibbiy tekshiruvlar xulosasiga ko`ra kerakli muolaja turi tanlanadi. Yoqimsiz hidni yalpizli saqich yohud og`iz bo`shlig`i gigienasi uchun mo`ljallangan vositalar bilan bartaraf etish mumkin. Ammo bu vaqtinchalik chora, xolos.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1