1

Madad-shifo: “SEMIRTIRADIGAN YoG`LAR BORMI?”

Salomatlik 16.10.2017, 17:37
Madad-shifo: “SEMIRTIRADIGAN YoG`LAR BORMI?”

— Tana vaznim me`yorda emas. Semirish uchun qaysi yog` bilan uqalash muolajasini bajarish mumkin. Eshitimcha, semirtiradigan yog`lar bor ekan.

Akmal, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Tana vaznining ortishi uchun qo`llaniladigan tibbiy massaj turlari bor. Ammo massaj jarayonida foydalaniladigan yog`lar semirtirish xususiyatiga ega emas. Tana vazningizni me`yorga keltirishni istasangiz, ovqatlanish tartibini to`g`ri tashkillashtiring. Kaloriyaga boy mahsulotlar bilan taomlaning. Agar tana vazningiz keskin kamayib ketayotgan bo`lsa, lyablya, gijjalar bor-yo`qligiga tahlil o`tkazish lozim. Shuningdek, qalqonsimon bez faoliyatiga doir o`zgarishlar, xususan, buqoq bo`lganida ham vazn kamayishi yuz beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1